Suyunchi (1970)


40 yil muqaddam suratga olingan ushbu film hanuz o’zbek xonadonlarida sevib tomosha qilinadi. Film rejissor Melis Abzalov tomonidan ishlangan. Bosh rollarni Zaynab Sadriyeva, G’ani A’zamov, Ikroma Boltayeva, Husan Sharipov, Noila Toshkanboyeva, Abdurahim Abduvohobov, Maxsum Yusupov ijro etgan. Ularning ayrimlari bugun oramizda yo’q…

http//photoload.ru/data/1e/0b/80/1e0b802d5c0e1e8434a771ba7ff2c301.jpg

Husan Sharipov 10 bolaning otasi rolini o’ynaydi. Uning dardi – futbol. Xotini yana bir o’g’il tug’sa-yu, butun bir futbol jamoasini tuzsa. Ammo, film oxiridan bilamizki, 11-farzand o’g’il emas, qiz tug’iladi. Eng kichik o’g’il, “Suyunchi, oyim qiz tug’dilar”, deb yugurib keladi.

http//photoload.ru/data/1c/98/84/1c9884d82761f8718077f56cee0c1da4.jpg

Lekin film bu haqda emas. Nazarimda, filmda dinimizdagi amri-ma’ruf, nahyi-munkar  masalalari chiroyli ochib berilgan. Filmning keksa qahramoni Anzirat xola Xolmat bobo bilan qishloqda katta-kichik hammaga nasihat qilib, tanbeh verib yuradi. Masalan, bir hamqishlog’ining uyiga borib, nega onangni ko’rgani kasalxonaga bormayapsan, deb qattiq urushib beradi. Hatto kolxoz raisiga ham haddi sig’ib nasihat qiladi. Odamlarga bu yoqmay, ular Anzirat xolaning ko’ksini og’ritishadi. Natijda u kasal bo’lib yotib qoladi.

http//photoload.ru/data/fd/ec/52/fdec523bd0d2a84b9295c4787772944e.jpg

Filmda Sovet davri propagandasi nafasi ham seziladi. Masalan, Xolmat bobo Anzirat xolaning katta nevarasi Abdullani urushayotganda, quloqlar Anzirat xolaning erini yoshligida o’ldirib ketganlari va tul qolgan Anzirat butun boshli kolxozga raislik qilgani haqida unga nasihat qiladi.

http//photoload.ru/data//11/79/11796ea0dc17a1d5120d62732105f1.jpg

Lekin filmda ideologiya ta’siri deyarli sezilmaydi. Film badiiy jihatdan pishiq ishlangan. Shuning uchun ham hanuz o’zbek klassik filmlarining sevimli namunalaridan. Bugungi kunda arzon byudjet bilan yaratilayotgan, oldi-qochdi kundalik maishiy turmush voqealari asosiga qurilgan sayoz filmlarni ko’rib-eshitib qalb zada bo’lganda, “O’zbek film” bisotida sifatli filmlarning borligini bilish odamning qalbiga oroyish baxsh etadi.

http//photoload.ru/data/c5/aa/65/c5aa659d20f6b20e1a922c13d974e7.jpg

Internetingiz tezligi ko’tarsa, to’g’ridan-to’g’ri tomosha qilishingiz uchun filmni quyida joylashtirdik. “Mozilla Firefox” internet dasturi uchun yasalgan “Download helper”ni o’rnatib, uni kompyuteringizga saqlab olishingiz ham mumkin.

Görüntü


Vodpod videos no longer available.

Bir Cevap Yazın

Aşağıya bilgilerinizi girin veya oturum açmak için bir simgeye tıklayın:

WordPress.com Logosu

WordPress.com hesabınızı kullanarak yorum yapıyorsunuz. Log Out / Değiştir )

Twitter resmi

Twitter hesabınızı kullanarak yorum yapıyorsunuz. Log Out / Değiştir )

Facebook fotoğrafı

Facebook hesabınızı kullanarak yorum yapıyorsunuz. Log Out / Değiştir )

Google+ fotoğrafı

Google+ hesabınızı kullanarak yorum yapıyorsunuz. Log Out / Değiştir )

Connecting to %s

%d blogcu bunu beğendi: